10 284 ta umumta’lim maktab o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkazilgan “Zakovat” intellektual o‘yinida 1,8 mln nafar o‘quvchi;
“Huquqiy-ma’rifiy bilimdon” ijodiy ko‘rik-tanloviga 1,5 million nafardan ortiq o‘quvchi;
“Vatanparvarlar”, “Yosh chegarachilar”, “Yosh qutqaruvchilar”, “Yosh gvardiyachilar” harbiy-sport musobaqalariga 1 mln nafarga yaqin o‘quvchilar qamrab olindi;
Ota-onalarga farzand tarbiyasida ko‘maklashish uchun “Ota-ona – murabbiy” kitobi tayyorlandi;
Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha ilk bor 14 ta tayanch “Tarbiya maktablari” tashkil etildi;
Maktablardagi ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari, psixolog va sinf rahbarlari uchun tarbiyaviy ishlarni tizimli, zamonaviy yondashuvlar asosida olib borishga qaratilgan uslubiy qo‘llanma yaratildi.