Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshliq o'rinbosarlari malakasi oshirilmoqda

12-dekabr 2024-yil
image

Joriy yilning 11-13-dekabr kunlari Maktabgacha taʼlim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish institutida Qoraqalpog‘iston Respublikasi maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Toshkent shahar hamda viloyatlar maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmalari boshliqlarining maktabgacha taʼlim yo‘nalishi bo‘yicha o‘rinbosarlari hamda Maktabgacha taʼlim tashkilotlarini muvofiqlashtirish sho‘ba rahbarlari uchun o‘quv-amaliy seminari tashkil etilmoqda.

O‘quv-amaliy seminarda “Tizimga oid meʼyoriy-huquqiy hujjatlar bilan ishlash, maktabgacha taʼlim bilan qamrab olish darajasini oshirish yo‘llari”, “Maktabgacha taʼlim tashkilotlari pedagog kadrlari malakasini oshirish hamda “Metodik mahorat kuni” va “Metodik mahorat soati” tadbirlarini tashkil etish”, “Taʼlim tizimida korrupsiyaga qarshi kurashish hamda manfaatlar to‘qnashuvini oldini olish”, “Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yilgan Davlat talablari va “Ilk qadam” Davlat o‘quv dasturini amaliyotda qo‘llash” kabi mavzularida treninglar tashkil etiladi.

Seminar-trening jarayonida ishtirokchilar tomonidan maktabgacha taʼlim tashkilotlari faoliyatini tashkil etish, ta'lim-tarbiya jarayonida innovatsiyalar va yangi pedagogik texnologiyalarni joriy etish, rivojlantiruvchi muhitni yaratish, pedagog kadrlar malakasini oshirish, bolalar salomatligini mustahkamlash va ularni sog'lom va havfsiz ovqatlantirish, raqamlashtirish, moliyalashtirish, davlat-xususiy sheriklik asosidagi tashkilotlar faoliyatini yo'lga qo'yish, koorupsiya holatlarini oldini olish, bolalarni qamrab olish ko'rsatkichlarini oshirish bo‘yicha  zamonaviy yondashuvlar asosida o‘zaro tajribalar almashinadi.  

Shuningdek, o‘quv-amaliy seminar dasturi doirasida ishtirokchilar Toshkent shahar Olmazor tumanidagi 146-son va 201-son davlat hamda “Kelajak poydevori” nomli oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlariga tajriba almashish maqsadida tashrif buyurishadi.

Maʼlumot uchun: 14 nafar – Hududiy boshqarmalar boshliqlarining maktabgacha taʼlim yo‘nalishi bo‘yicha o‘rinbosarlari, 14 nafar – hududiy boshqarmalarning Maktabgacha taʼlim tizimini muvofiqlashtirish sho‘basi mudirlari ishtirok etadi.

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu