Respublika ishchi guruhi tomonidan O‘quvchilarni chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorlash ishlari muhokama etildi 

3-dekabr 2024-yil
image

Bugun Qoraqalpog‘istonda Davlatimiz rahbarining “O‘quvchi-yoshlarni chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorlash tizimini yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarorida belgilangan vazifalar ijrosiga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Unda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi mas'ullari, Mudofaa vaziri mas'ul xodimi, Shimoliy-g'arbiy harbiy okrugi qo'mondoni,  Qoraqalpog'iston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazi hamda boshqa hamkor tashkilotlar vakillari ishtirok etdi.

O‘zaro muloqot tarzida tashkil etilgan tadbirda 514 nafardan ziyod umumta’lim tashkilotlarida chaqiriqqacha boshlang‘ich tayyorgarlik fani o‘qituvchilarining ish faoliyati samaradorligini oshirish maqsadida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar belgilab olindi. 

Yig‘ilishda mazkur qarorda belgilangan vazifalar ijrosini o‘z vaqtida bajarish, qayd etilgan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha mas’ul xodimlarga zarur ko‘rsatmalar berildi.

Shuningdek, ishchi guruh tomonidan har bir tuman (shahar)da “Jasorat maktabi” faoliyati yo‘lga qo‘yilishi munosabati bilan ularni jihozlash, moddiy texnik ta’minotini yaxshilash bo‘yicha xatlovdan o'tkazish ishlari olib borilmoqda.

Shuningdek, xuddi shunday uchrashuvlar bugun vazirlik mas’ullari tomonidan Surxondaryo va Farg‘ona viloyatlarida ham bo‘lib o‘tdi.

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu