Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish bo‘yicha Hukumat komissiyasi yig‘ilishining 2-bayonida yong‘in xavfsizligini ta’minlash borasidagi ishlar samaradorligini oshirish hamda ijtimoiy soha ob’yektlarida “Yong‘in xavfsizligi oyligi”ni o‘tkazish belgilangan.
Shunga muvofiq, joriy yilning 20-noyabr kuni Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi Shayxontohur tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limi bilan hamkorlikda "Yong‘in xavfsizligi" oyligi doirasida vazirlik xodimlari ishtirokida tadbir o‘tkazildi.
Mazkur tadbirda yong‘in, is gazidan zaharlanish va havo-gaz aralashmasi chaqnashi bilan bog‘liq noxush holatlarning oldini olish va ularda to‘g‘ri harakat qilishga o‘rgatish yuzasidan suhbat va o‘quv mashg‘ulotlari tashkil etildi.