“Ta’limda liderlikni rivojlantirish: Ilhom va e’tirof kuni” mavzusidagi seminar  trening tashkil etildi

10-noyabr 2024-yil
image

Jizzax viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi, Direktorlar Kengashi hamda Jizzax shahridagi Prezident maktabi hamkorligida “Ta’limda liderlikni rivojlantirish: Ilhom va e’tirof kuni” mavzusidagi seminar  trening tashkil etildi. 

Ushbu seminar trening menejerlik sertifikatini qo‘lga kiritib, Jizzax viloyati Direktorlar Kengashi tavsiyasiga ko‘ra o‘z faoliyatini boshlagan umumta’lim maktabi direktorlari, o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosarlariga samarali boshqaruvning o‘ziga xos jihatlari, ta’limdagi yangi tajribalar to‘g‘risida ma’lumot berish, ularni yangi faoliyatga ilhomlantirish maqsadida tashkil etildi. 

Tadbir davomida “Samarali maktab boshqaruvi”, “Ta’limda liderlarni ilhomlantirish”, “Muvaffaqiyatli maktab yaratish” kabi ko‘plab motivasion psixologik treninglar olib borildi. 

Tadbir yakunida Jizzax shahridagi Prezident maktabi hamda Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabi o‘quvchilarining badiiy namoyishlari ham taqdim etildi.

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu