Vazirlik vakillari xalqaro konferensiyada ishtirok etishdi

9-noyabr 2024-yil
image

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi delegatsiyasi Xitoy Xalq Respublikasining Anji shahrida bo‘lib o‘tgan “Anji Play xalqaro akademik almashinuv konferensiyasi”da ishtirok etdi.

Mazkur konferensiya davomida O‘zbekistonning maktabgacha ta’lim sohasida erishilayotgan yutuqlari, strategik rivojlanish yo‘nalishlari hamda xalqaro hamkorlik uchun taklif etilayotgan imkoniyatlar haqida batafsil taqdimot qilindi.

Ma’lumot uchun: Anji Play dunyoga mashhur maktabgacha ta’lim dasturi hisoblanadi. 

Shuningdek, konferensiya doirasida vakillarimiz Anji shahri rahbariyati, Xitoy Xalq Respublikasi Ta’lim vazirligi va boshqa xorijiy tashkilotlar bilan uchrashuvlar o‘tkazib, maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ham bo‘lishdi.

Natijada, mamlakatimizga beg‘araz yordam asosida Anji Play dasturini joriy qilish hamda tarbiyachilar va maktabgacha ta’lim tashkilotlari boshqaruv xodimlari malakasini oshirish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu