O‘quvchilarni kasb-hunarga o‘qitish katta samara bermoqda

6-noyabr 2024-yil
image

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda boshqa tegishli tashkilotlar mas’ul xodimlaridan iborat Ishchi guruh tomonidan Farg‘ona viloyati maktablarida o‘quvchilarni kasb-hunarga o‘qitish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar holati o‘rganildi. 

Ushbu ta’lim maskanlarida o‘quvchilar o‘rgangan kasblari bo‘yicha daromad topishlari uchun kasbiy ta’lim to‘garaklari faoliyat yuritmoqda. Shuningdek, Pedagoglarni yangi malakalarga o‘rgatish markazida "Kasbiy ta’lim ustalari" uchun pedagogika va zamonaviy dars o‘tish metodikalari bo‘yicha o‘quv seminar tashkil etish rejalashtirilgan.

Ma’lumot uchun: bugungi kunda hududdagi 200 nafardan ortiq o‘quvchilar o‘rgangan kasb-hunarlari ortidan qo‘shimcha daromad topib kelishmoqda.

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu