Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tizimidagi umumtaʼlim muassasalari, Prezident, ijod, ixtisoslashtirilgan maktablar hamda nodavlat umumtaʼlim maktablarining 5-11-sinf oʻquvchilari oʻrtasida "Ixtirochilikka qadam" respublika tanlovi oʻtkazilmoqda.
Tanlovda oʻquvchilar tomonidan taʼlim, axborot texnologiyalari, yashil energiya, ekologiya, iqlim oʻzgarishi va qishloq xoʻjaligi yoʻnalishlari boʻyicha yangi mahsulot yoki xizmat turini yaratish talab etiladi.
Ayni vaqtda tanlovning 1-bosqich jarayonlari qizgʻin davom etmoqda.
Maʼlumot uchun: Tanlov 4 bosqichda quyidagi vaqtlarda tashkil etiladi:
Maktab bosqichi – oʻquv yilining 1-choragida;
Tuman (shahar) bosqichi – oʻquv yilining 2-choragida;
Viloyat bosqichi – oʻquv yilining 3-choragida;
Respublika bosqichi – oʻquv yilining 4-choragida boʻlib oʻtadi.