Ta’lim sektorini muvofiqlashtirish mahalliy ta’lim guruhi yig‘ilishi tashkil etildi

24-oktabr 2024-yil
image

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikda Ta’lim sektorini muvofiqlashtirish mahalliy ta’lim guruhi yig‘ilishi tashkil etildi.

Unda vazir o‘rinbosari Sardor Radjabov ishtirok etib, so‘nggi yillarda amalga oshirilayotgan islohotlar hamda kelgusidagi rejalar haqida ma’lumot berdi. 

Yig‘ilish doirasida: 

➖ Inklyuziv ta’limning dasturiy asosini ma’qullash,
➖Ta'lim bo‘yicha xalqaro hamkorlik (GPE)ning ta’lim monitoringi, baholash va dalillardan o‘rganish (MEL) salohiyatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash, 
➖o‘qituvchilar malakasini oshirishga qaratilgan tashabbuslarni joriy etish, 
➖taraqqiyot bo‘yicha hamkorlikning ta’lim sohasiga oid yangi dasturlari va tashabbuslari bo‘yicha so‘nggi ma’lumotlarni taqdim etish kabi masalalar muhokama qilindi.

UNICEFning O‘zbekistondagi vakili Alberto Biancoli tadbirda "O‘zbekiston ta’lim tizimida ko‘plab islohotlar amalga oshirildi va qisqa muddatda shunda tez natijalarga erishish bo‘yicha O'zbekiston bizga namuna bo‘lmoqda" deb alohida ta’kidlab o‘tdi.

Suhbat yakunida kelgusida mazkur yo‘nalishda xalqaro va mahalliy hamkorlar ishtirokida amalga oshiriladigan rejalar belgilab olindi.

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu