Oʻzbek adabiy tilining rivojlanish masalalariga bagʻishlangan anjuman oʻtkazildi 

21-oktabr 2024-yil
image

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi huzuridagi Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy institutida Oʻzbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 35 yilligi hamda Institutning 95 yilligiga bagʻishlangan “Yangi Oʻzbekistonda oʻzbek adabiy tilining rivojlanish tendensiyalari: muammolar, yechimlar, tavsiyalar” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy anjuman boʻlib oʻtdi. 

Unda xorijiy davlatlar va yurtimizdagi sohaning taniqli professor olimlari, doktorantlar, tadqiqotchilar ishtirok etdi.

Anjumanda oʻzbek tilining zamonaviy jamiyatdagi oʻrni, dolzarb muammolar va ularni hal qilish yoʻllari, til madaniyati, taʼlim va ilm-fan sohalarida nufuzini oshirish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, til siyosati va uni qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan davlat va jamoatchilik saʼy-harakatlari tahlil qilindi.

Qayd etilganidek, mazkur konferensiyaga Oʻzbekiston va boshqa mamlakatlar olimlari va ilmiy tadqiqotchilardan 200 dan ortiq ilmiy maqolalar kelib tushgan boʻlib, ularning 100 tasi qabul qilindi. 

Ushbu materiallarda Yangi Oʻzbekistonda Oʻzbek tili taraqqiyoti va xalqaro hamkorlik istiqbollari, uzluksiz taʼlim tizimida davlat tilini tizimli rivojlantirish strategiyalari, milliy tarbiyada oʻzbek adabiy tilidan foydalanish tendensiyalari, oʻzbek tilini oʻqitishda metodik mahoratni rivojlantirish samaradorligi kabi muhim masalalar oʻrin olgan.

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu