Maskat shahrida ICESCOning Ta’lim vazirlari Uchinchi konferensiyasi bo‘lib o‘tmoqda

4-oktabr 2024-yil
image

Omon Sultonligi, Maskat shahrida Islom dunyosi ta’lim, fan va madaniyat tashkiloti (ICESCO)ning Ta’lim vazirlari Uchinchi konferensiyasi bo‘lib o‘tmoqda.

Ushbu konferensiyada Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining birinchi o‘rinbosari Usmon Sharifxodjayev boshchiligidagi vazirlik delegatsiyasi ham ishtirok etmoqda.

Konferensiya ICESCOga a’zo davlatlarda ta’limdagi xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, sun’iy intellekt va raqamli texnologiyalardan foydalanish, media va yashil ta’lim sohalarida hamkorlik qilish kabi dolzarb mavzularga bag‘ishlangan.

Tadbir davomida O‘zbekiston tomoni:

- ta’lim sohasidagi hamkorlikni kengaytirish, 
- O‘zbekistonda tashkil etiladigan va buyuk allomalarimiz ilmiy faoliyatiga bag‘ishlanadigan fan olimpiadalarida ICESCO davlatlarining ishtirok etishi,
- inklyuziv ta’lim, shuningdek alohida ehtiyojga ega bolalar ta’limi kabi yo‘nalishlarda hamkorlik qilish yuzasidan qator tashabbuslarni ilgari surdi.

Ma’lumot uchun: Islom dunyosi ta’lim, fan va madaniyat tashkilotiga 53 ta davlat a’zo bo‘lib, O‘zbekiston ushbu tashkilotga 2017-yilda qo‘shilgan. Mazkur tashkilot tomonidan Samarqand shahri 2025-yilda Islom madaniyati poytaxti, deb e'lon qilingan. 

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu