Xalq taʼlimi vazirligi hamda Birlashgan Millatlar Tashkilotining “Narkotiklar va jinoyatchilikka qarshi kurashish” boʻyicha mintaqaviy boshqarmasi hamkorligida umumtaʼlim maktablarining oʻqituvchi va oʻquvchilari hayotiy koʻnikmalarini shakllantirishga qaratilgan qator tadbirlar tashkil etilmoqda.
Toshkent shahrida yoshlar oʻrtasida jinoyatchilik hamda sport orqali 13-18 yoshli bolalar oʻrtasida jinoyat, zoʻravonlik va narkotik moddalarni isteʼmol qilishni oldini olish maqsadida tashkil etilgan uchrashuv shular jumlasidan.
25-mart kuni poytaxtimizdagi 17-IDUMda Doxa deklaratsiyasini amalga oshirish boʻyicha Global dasturining “Adolat uchun taʼlim” tashabbusi doirasida tashkil etilgan seminar-treningda oʻqituvchilar oʻz pedagogik faoliyatida oʻquvchilarda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni rivojlantirish, mazkur yoʻnalishda vujudga kelishi mumkin boʻlgan muammolarni aniqlash, bartaraf etish, ularning jamiyatda huquqbuzarlik profilaktikasi masalalarida faol fuqarolik pozitsiyasiga ega boʻlish hamda uni hayot davomida qoʻllash koʻnikmalarini rivojlantirish boʻyicha tavsiyalarga ega boʻldi.
.