Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining 2024-yil 11-sentabrdagi tegishli buyrugʻi bilan tizimdagi umumiy oʻrta taʼlim, maktabgacha taʼlim muassasalarida faoliyat yuritayotgan pedagog xodimlarga ustama belgilashda qoʻllaniladigan umumtaʼlim fanlari boʻyicha milliy va xalqaro tan olingan sertifikatlarni verifikatsiyadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.
Ushbu Nizomga muvofiq:
talabgor-pedagog oʻzi faoliyat yuritayotgan umumtaʼlim muassasasidagi masʼul xodimga ERP tizimiga kiritishi uchun qoʻshma qarorda keltirilgan sertifikat aslini va ushbu sertifikat nusxasini taqdim etadi;
maktab direktori yoki oʻquv ishlari boʻyicha direktor oʻrinbosari tomonidan ushbu sertifikat nusxasi bir ish kuni ichida ERP tizimiga yuklanadi va haqiqiyligini tekshirish uchun hududiy boshqarma masʼuliga yuboriladi;
hududiy boshqarma masʼul xodimi kiritilgan hujjatlarni belgilangan talablarga mosligini oʻrganadi;
belgilangan talablarga mos boʻlmagan sertifikatlarni tahrirlab maktab direktori yoki oʻquv ishlari boʻyicha direktor oʻrinbosariga qaytarib yuboradi;
kiritilgan maʼlumotlar sertifikat nusxasiga mos va haqiqiyligi tasdiqlangandan soʻng verifikatsiyani tasdiqlaydi.
Maʼlumot uchun: sertifikatlar ERP tizimiga yuklangandan keyin 15 kun mobaynida masʼul hududiy xodimlar tomonidan verifikatsiyadan oʻtkaziladi.
Nizomning toʻliq matni