Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tizimidagi taʼlim tashkilotlari xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirishning yaxlit tizimi yaratiladi

25-iyun 2024-yil
image

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Maktabgacha va maktab taʼlimi tashkilotlari xodimlarini uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi.

Unga koʻra:

A.Avloniy nomidagi pedagoglarni kasbiy rivojlantirish va yangi metodikalarga oʻrgatish milliy-tadqiqot instituti negizida A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti tashkil etildi.

2024-2025-oʻquv yilidan boshlab:

Vazirlik tizimidagi taʼlim tashkilotlari rahbar, pedagog va mutaxassis kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirishning yaxlit tizimi joriy qilinadi;

maktabgacha taʼlim tashkilotlarining pedagog va mutaxassis kadrlarini uzluksiz kasbiy rivojlantirish boʻyicha “Virtual kasbiy rivojlantirish” elektron dasturi joriy etiladi.

2025-yil 1-yanvardan boshlab:

maktabgacha va maktab taʼlimi tashkilotlarining xodimlari uchun besh yilda bir marotaba ishdan ajralgan holda malaka oshirish kurslari joriy qilinadi;

barcha umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida “Kasbiy rivojlanish soati” hamda tayanch umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida “Kasbiy rivojlanish kuni” bosqichma-bosqich joriy etiladi.

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu