“ONLAYN MAKTAB” OʻQITUVCHILARI TAʼLIM DARAJASI YUQORI BOʻLMAGAN MAKTABLARGA AMALIY YORDAM UCHUN NAMANGAN VILOYATIGA JOʻNAB KETDI

16-mart 2021-yil
image

Bugun “Onlayn maktab” loyihasining bir guruh tajribali pedagoglari jamoasi Namangan viloyatiga joʻnab ketdi.

Tashrifdan asosiy maqsad Namangan tumanini namunali hududga aylantirish va taʼlim darajasi yuqori boʻlmagan maktablarda faoliyat yuritayotgan pedagoglarga amaliy yordam koʻrsatish va oʻquvchilarning taʼlim olishga boʻlgan qiziqishini oshirishdan iborat.

Xalq taʼlimi vazirligi tomonidan Namangan tumanidagi barcha umumtaʼlim muassasalari faoliyatini oʻrganib, taʼlim sifatini yaxshilash, pedagoglarning kasbiy mahoratini oshirish boʻyicha “yoʻl xaritasi” ishlab chiqilgan edi. Tajribali oʻqituvchilarning tumanga tashrifi ana shu ishlarning amaliy ifodasi sanaladi.

Safar davomida tumandagi pedagoglarga “Mahorat darslari” hamda oʻquvchilar uchun “Ochiq dars mashgʻulotlari” oʻtkazish hamda viloyatdagi hamkasblar bilan tajriba almashish koʻzda tutilgan.

.

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu