Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan Britaniya Kengashi hamda Norvich til ta’limi instituti bilan hamkorlikda ingliz tili o‘qituvchilari uchun kasbiy rivojlanish treninglariga start berildi.
Mahorat darslarida zamonaviy texnologiyalar asosida ta’lim berish, o‘quvchilarning loyihalarini qo‘llab-quvvatlash, ta'lim jarayonida do'stona muhitni shakllantirish hamda o‘quvchiga yo‘naltirilgan ta’lim kabi mavzularda so‘z bormoqda.
"Maktab chempionlari" loyihasi doirasida tashkil etilgan ushbu tadbirda butun Respublikamizdan ustozlar ishtirok etishmoqda.
Treninglar Norvich til ta'limi instituti vakili Martyn Clarke tomonidan olib borilmoqda.
Mahorat darslarida ustozlar o'z faoliyatlarida qo'llanilgan tajribalar hamda metodika haqida ham fikr almashishmoqda.
Kelgusida ustozlar o‘rgangan bilimlarini o‘z hududlaridagi hamkasblari bilan bo‘lishishadi.
Trening jarayonlari 2 kun davom etadi.