Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi va Janiubiy Koreyaning KOICA tashkiloti bilan hamkorlikda Toshkent shahrida maktabgacha ta’lim tizimi pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazi hamda innovatsion maktabgacha ta’lim tashkilotini qurish loyihasiga start berildi.
Bugun ushbu loyihaga vazir Hilola Umarova hamda Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA)ning Prezidenti Chang Von Sam tomonidan tamal toshi qo‘yildi.
Amalga oshirilayotgan loyiha doirasida 500 o‘rinli maktabgacha ta’lim tashkiloti, yiliga 4000 nafar pedagog malakasini oshirishga mo‘ljallangan markaz faoliyat boshlaydi.
Ushbu muassasa 5 ta kompetensiyani – intellektual, ma’naviy, axloqiy, estetik va jismoniy rivojlantirishga yo‘naltirilgan ilg‘or o‘yin texnologiyalari bilan jihozlanadi.
Mazkur loyiha ishga tushishi natijasida:
➖erta yoshda ta’lim olish imkoniyatlarini yaxshilash;
➖shaxsga yo‘naltirilgan yondashuv dasturlari bo‘yicha tayyorlangan pedagoglar sonini ko‘paytirish;
➖maktabgacha ta’lim sifatini oshirish kabi ko‘rsatkichlarda sezilarli natijalarga erishish kutilmoqda.