Fuqarolarning bilim olish huquqini kafolatlash hamda turli sabablarga ko‘ra o‘z vaqtida umumiy o‘rta ta’lim olmagan shaxslar uchun eksternat tartibida yakuniy davlat attestasiyalarni topshirish imkoniyati yaratilgan.
Eksternat tartibida yakuniy davlat attestasiyalarni topshirish uchun umumiy o‘rta ta’lim dasturlarini mustaqil o‘zlashtirgan, tegishli yilda 16 yoshga to‘ladiganlar tayanch o‘rta ta’lim (9-sinf), 18 yoshga to‘ladigan hamda undan katta yoshdagi fuqarolar umumiy o‘rta ta’lim (11-sinf) doirasida yakuniy davlat attestasiyasida qatnashishi mumkin.
Eksternat tartibida yakuniy davlat attestasiyalarni topshirish uchun har bir hududda maktablar belgilangan.
Eksternlar tegishli yilning 1 martidan 1 mayiga qadar (shu kuni ham) belgilangan maktab direktori nomiga ariza bilan murojaat qiladi.
Eksternning arizasiga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:
1)baholar (o‘zlashtirish) tabeli, agar mavjud bo‘lsa;
2)eksternning 3,5x4,5 sm hajmdagi 4 dona rangli fotosurati;
3)pasport nusxasi, ekstern pasport olmagan bo‘lsa, uning tug‘ilganlik haqidagi guvohnomasi nusxasi (asli ko‘rsatilgan holda).
Talabgorlar (Adliya vazirligi tomonidan 2015 yil 11 mayda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 2670) «Eksternat to‘g‘risidagi nizom»ga muvofiq, joriy o‘quv yili uchun bitiruvchilarga belgilangan fanlardan yakuniy davlat attestasiyasini topshiradilar.
Talabgorlar uchun yakuniy davlat attestasiyasi topshiradigan maktablarda «Maslahat darslari» tashkil etiladi.
2020-2021 o‘quv yilida eksternat tartibida yakuniy davlat attestasiyasi o‘tkaziladigan maktablar ro‘yxati bilan quyidagi havola orqali tanishishingiz mumkin.