Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining 2014-yil 30-avgustdagi 288-sonli buyrugʻi bilan vazirlik tizimidagi umumtaʼlim muassasalari boshqaruv, texnik, xizmat koʻrsatuvchi va oʻquv-yordamchi xodimlarining namunaviy shtatlariga qator oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi.
Unga koʻra, umumtaʼlim muassasalaridagi:
psixolog lavozimi oʻquvchilar sonidan kelib chiqib quyidagi miqdorlarda kiritiladi:
— 1500 nafargacha boʻlganda — 1,0 birlikdan;
— 1500 nafar va undan ortiq boʻlganda — 2,0 birlikdan.
Laboratoriya xonasi mavjud boʻlganda, fizika yoki kimyo fani oʻqituvchisidan biriga mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining 50 foizi miqdorida har oylik qoʻshimcha haq toʻlanadi.