“Xorijiy tillarni oʻqitish boʻyicha eng yaxshi maktab” tanlovining taqdirlash marosimi 

23-avgust 2024-yil
image

Mazkur tanlov qisqa muddatda ommalashib ulgurdi. Raqamlarga murojaat qilsak, 2023-2024-oʻquv yilida oʻtkazilgan tanlovda 6 442 ta maktabning 32 210 nafar oʻquvchisi qatnashgan. Oʻtgan davr mobaynida tanlovda 110 mingga yaqin oʻquvchilar oʻz bilimlarini namoyon etdi.

Oʻn minglab qorakoʻzlarimiz qamrab olingan tanlovning yakuniy final bosqichiga yetib kelishning oʻzi katta gʻalaba.

Gʻoliblar, bugungi kun qahramonlarimiz bilan tanishing:

1-oʻrin Jizzax viloyati, Jizzax shahri 22-maktab jamoasi,

2-oʻrin Namangan viloyati, Chortoq tumani 53-IDUM jamoasi,

3-oʻrin Toshkent shahri, 110-IDUM jamoasiga nasib etdi.

Gʻoliblariga medallar hamda egallagan oʻrniga mos ravishda 300 mln soʻm, 400 mln soʻm hamda 500 mln soʻmlik pul mukofotlari topshiriladi.

Shuningdek, Prezident sovgʻasi sifatida Respublika bosqichi barcha ishtirokchilari va ularning ustozlari, jami 84 nafar oʻquvchi va pedagoglar oʻz bilim va koʻnikmalarini rivojlantirish uchun xorijga taʼlim sayohatiga yuboriladi.

 

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu