"Quvnoq startlar" sport musobaqasi g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi

14-avgust 2024-yil
image

Bugun Qoraqalpog‘iston Respublikasining Nukus shahrida maktab o‘quvchilari o‘rtasida "Quvnoq startlar" sport musobaqasi g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda  vazirlik mas’ullari, ota-onalar, murabbiylar, o‘quvchilar ishtirok etdi.

Musobaqa yakuniga ko‘ra:

Qoraqalpog‘iston Respublikasi jamoasi 1-o‘rinni, 
Namangan viloyati jamoasi 2-o‘rinni, 
Buxoro va Samarqand viloyatlaridan tashkil topgan jamoalar 3-o‘rinni egallashdi.

Tashkilotchilar tomonidan g‘olib jamoalar diplom, medal va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanishdi.

O‘zbekiston "Yoshlik" JTSJ Markaziy kengashi matbuot xizmati

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu