“Tabiiy fan” (Science) boʻyicha qisqa muddatli oʻquv kurslari oʻtkazilmoqda

9-avgust 2024-yil
image

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan umumiy oʻrta taʼlim muassasalarining “Boshlangʻich sinf” oʻqituvchilari uchun “Informatika va axborot texnologiyalari”, “Biologiya”, “Geografiya” va “Fizika” fanlari oʻqituvchilari uchun “Tabiiy fan” (Science) boʻyicha qisqa muddatli oʻquv kurslari oʻtkazilmoqda.

Oʻqituvchilarga qoʻshimcha imkoniyat yaratish maqsadida ushbu kurslar “Uzluksiz kasbiy taʼlim” elektron platformasi (https://onlinedu.uz/)ga joylashtirilgan. Pedagoglar platformadagi shaxsiy profil orqali mazkur kurslarda ishtirok etishlari mumkin.
 
Kurslarini toʻliq oʻzlashtirgan oʻqituvchilarga platforma orqali tegishli sertifikatlar taqdim etiladi.

Pedagoglarga eslatma: Agar siz “Boshlangʻich taʼlim” oʻqituvchisi sifatida “Uzluksiz kasbiy taʼlim” elektron platformasi orqali “Informatika va axborot texnologiyalari” fanidan, “Biologiya”, “Geografiya” va “Fizika” fanlari oʻqituvchilari boʻlib roʻyxatdan oʻtgan boʻlsangiz, 5-sinf “Tabiiy fan” (Science) boʻyicha ushbu kursda oʻqishingiz mumkin. Bunda faningizni oʻzgartirishingiz shart emas.

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu