Vazirlik hududiy matbuot kotiblari faoliyati tahlil etildi

8-avgust 2024-yil
image

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi Axborot xizmati tomonidan hududiy matbuot kotiblari faoliyati samaradorligi hamda vazirlik hududiy bo‘linmalarida ochiqlikni ta’minlash borasida olib borilayotgan ishlar natijadorligi tahlil qilindi.

Ushbu jarayonlar 2024-yilning birinchi yarim yilligi natijalari bo‘yicha vazirlik tomonidan tasdiqlangan mezonlar asosida baholandi.

Bunda nomzodlar faoliyati press tadbirlar va jonli efirlar uyushtirganligi, tanqidiy materiallarga tezkor javob berishi, axborot tarqatish manbalari soni va tezkorligi, tashkilot rahbarining jamoatchilikka ochiqligi kabi 10 ta nominatsiya bo‘yicha ko‘rib chiqildi.

Tahlil natijalariga ko‘ra:

Xorazm viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi matbuot kotibi — Malika Axmedova faoliyati (94 ball) — a’lo;

Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi matbuot kotibi — Iroda Oripova faoliyati (94 ball) — a’lo;

Qashqadaryo viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi matbuot kotibi — Javohir Rustamov faoliyati (91 ball) — a’lo;

Andijon viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi matbuot kotibi — Umarxo‘ja Madaminov faoliyati (90 ball) — a’lo;

Qoraqalpog‘iston Respublikasi maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi matbuot kotibi — Perizad Urazaliyeva faoliyati (90 ball) — a’lo;

Samarqand viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi matbuot kotibi — Baxtigul Qarshiyeva faoliyati (89 ball) — a’lo;

Surxondaryo viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi matbuot kotibi — Dildora Musayeva faoliyati (89 ball) — a’lo;

Navoiy viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi matbuot kotibi — Xurshida Narziyeva faoliyati (86 a’lo) — a’lo;

Toshkent viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi matbuot kotibi — Dilafruz Shukurova faoliyati (84 ball) — yaxshi;

Farg‘ona viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi matbuot kotibi — Odiljon Jalolov faoliyati (71 ball ) — yaxshi;

Namangan viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi matbuot kotibi — Asmonur Rejabboyeva faoliyati (70 ball) — qoniqarli*;

Jizzax viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi matbuot kotibi — Sarvinoz Narziyeva faoliyati (61 ball) — qoniqarli;

Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi matbuot kotibi — Erkin Xolboboyev faoliyati (56 ball) — qoniqarli;

Sirdaryo viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi matbuot kotibi — Dilfuza Urakbayeva faoliyati (53 ball) — qoniqarsiz* etib baholandi.

*Ushbu matbuot kotiblari ayni vaqtda o‘z faoliyatini boshqa ishda davom ettirishmoqda:
Asmonur Rejabboyeva (2024-yil 15-mart)
Dilfuza Urakbayeva

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu