“BARKAMOL AVLOD BOLALARI” FESTIVALI SURXONDARYODA

8-avgust 2024-yil
image

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Respublika “Barkamol avlod” bolalar maktabi tomonidan Respublika bo‘ylab yil davomida bo’lib o’tadigan "Barkamol avlod bolalari” festivaliga START BERILDI.

Festival Surxondaryo viloyatida quyidagi yoʻnalishlarda boʻlib oʻtdi:

“Madaniyat va san’at” — yo‘nalishi (Tasviriy san’at va libos);
“Texnika, konstruktorlik va modellashtirish” — yo‘nalishi (Robototexnika va konstruktorlik);
“Jismoniy tarbiya va sport” — yo‘nalishi (Shaxmat-shashka);
“Hunarmandchilik va qo‘l mehnati” — yo‘nalishi (Munchoqli bezak);
“Turizm va ekologiya” — yo‘nalishi (Karving);
“Oliy ta’lim muassasalari va maktabga tayyorlov” — yo‘nalishi (Mental arifmetika);
“Xorijiy tillar” — yo‘nalishi (Ingliz tili).

Festivalda Surxondaryo viloyatidan umumiy 22 mingdan ortiq oʻquvchi-yoshlar qatnashdi.

Tadbir soʻngida festival estafetasi TOSHKENT viloyatiga topshirildi.

Festival gʻoliblari va faol ishtirokchilarga diplomlar, sovrinlar va esdalik sovgʻalari topshirildi.

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu