"VR-Profi Hub" tanlovining respublika bosqichiga start berildi

7-avgust 2024-yil
image

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda Gyote institutining O‘zbekistondagi filiali hamkorligida o‘quvchilarni zamonaviy kasblarga qiziqtirish hamda ularning ishchi kasblar haqida tasavvurlarini kengaytirish maqsadida “VR-Profi Hub” loyihasi amalga oshirilmoqda. 

Loyiha doirasida umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining IT dasturlash sohasiga qiziquvchi o‘quvchilari o‘rtasida VR-Profi Hub Challenge: IT - kasblar dunyosiga sho‘ng‘i!” tanlovi tashkil etilmoqda.

Mazkur tanlovning respublika bosqichi boshlandi. Unda tanlovning hududiy bosqichlarida g‘olib bo‘lgan 16 nafar ishtirokchi qatnashadi. 

Tanlov joriy yilning 8-avgustiga qadar davom etadi.

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu