Oʻzbekistonlik oʻquvchilar Belarusda madaniy hordiq chiqardi

2-avgust 2024-yil
image

Bir guruh oʻzbekistonlik iqtidorli oʻquvchilar Belarusda joylashgan “Zubryonok” Milliy bolalar taʻlim va sogʻliqni saqlash markazida maroqli hordiq chiqarishdi.

Belarus Respublikasi taʻlim vazirligi taklifiga binoan tashkil etilgan sayohat tadbirlarida Respublika fan olimpiadasi, “Turon” maktab teatri va “Buzatov fest” tanlovlari gʻoliblari, “Eko-maktab” loyihasi ishtirokchilari hamda turli respublika va xalqaro tanlov va musobaqalar sovrindorlari ishtirok etdi.

Oʻquvchilar rus va belаrus tengdoshlari bilan turli madaniy markazlar va tarixiy obidalarga uyushtirilgan sayohatlar, badiiy va kompyuter toʻgaraklari, sport va ommaviy tadbirlar hamda musobaqalarda faol qatnashdi.
 Shuningdek, hududda joylashgan Tibbiyot markazida tibbiy muolajalar oldi.

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu