“Yilning eng yaxshi tarbiyachisi-2024” tanlovi Respublika bosqichi gʻoliblari aniqlandi

26-iyul 2024-yil
image

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan oʻtkazilgan “Yilning eng yaxshi tarbiyachisi-2024” tanlovi Respublika bosqichi gʻoliblarini taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi.

Unda vazir Hilola Umarova ishtirok etdi hamda tanlov gʻoliblarini samimiy tabrikladi.

Yuqori malakali metodist-tarbiyachi va tarbiyachilarni aniqlash hamda ularni ragʻbatlantirish maqsadida tashkil etilgan tanlovda umumiy hisobda 11 320 nafar tarbiyachi ishtirok etdi.

Tanlovning yakuniy bosqichida 82 nafar iqtidorli tarbiyachilar 6 ta nominatsiya doirasida oʻzaro bahs olib borishdi. Natijalarga koʻra, har bir yoʻnalish boʻyicha 3 nafardan, jami 18 nafar ishtirokchi gʻoliblikni qoʻlga kiritishdi.

Belgilangan 4 ta nominatsiya boʻyicha birinchi, ikkinchi va uchinchi oʻrinlarni egallagan, oliy maʼlumotga ega boʻlmagan gʻoliblar oliy taʼlim muassasalarining “Maktabgacha taʼlim” yoʻnalishiga oʻqishga kirish uchun maxsus tavsiyanoma bilan taqdirlanishdi.

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu