Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining birinchi o‘rinbosari Usmon Sharifxodjayev boshchiligidagi ishchi guruh Qoraqalpog‘istonning Nukus shahri, Qo‘ng‘irot, Shumanay va Qonliko‘l tumanlaridagi bir qator ta’lim muassasalarida bo’ldi.
O’rganishlar jarayonida Vazirlik ishchi guruhi:
➖ ta’lim muassasalaridagi yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik jarayonlari,
➖dastur asosida qurilish-ta’mirlash ishlari olib borilayotgan ta’lim muassasalarida amalga oshirilayotgan ishlar,
➖ o‘quvchilarga yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishdi.
Shuningdek, yozgi ta’til vaqtida o‘quvchilarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish maqsadida maktablarda tashkil etilgan “sog‘lomlashtirish maydoncha”lari faoliyati o‘rganildi.
Ishchi guruh umumta’lim maktablarida o‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan ham tanishib, o‘z tavsiyalarini berdi.