Vazir kubogi uchun musobaqalarning respublika bosqichiga Surxondaryo mezbonlik qildi

16-iyul 2024-yil
image

Termiz tumanidagi sport maktabida umumta'lim maktablarining 5-10-sinf o‘quvchilari o‘rtasida dzyudo sport turi bo‘yicha "Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri kubogi" sport musobaqalarining respublika bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Unda viloyat bosqichlarida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan o‘quvchilar 14 ta vazn toifasida o‘zaro bellashishdi.

Qizg‘in kechgan musobaqalar yakunida g‘olib va sovrindorlarga diplom hamda esdalik sovg‘alari topshirildi.

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu