Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi Axborot xizmati tomonidan bolalarning yozgi ta'til davomida nimalar bilan band ekanligini aniqlash maqsadida ota-onalar o‘rtasida ijtimoiy so’rovnoma o‘tkazildi.
Unda 4668 kishi ishtirok etdi. Natijalar quyidagicha:
Ishtirokchilar javoblaridan ko‘rish mumkinki, yozgi ta'til davomida
o‘quvchilarning katta qismi qo‘shimcha darslarga qatnashadi (51 %).
Bu bilan ular yangi o‘quv yiliga tayyorlanishadi, yozning 3 oyidan unumli foydalanib, yangi ko‘nikmalarni qo‘lga kiritishadi.
So‘rovnomada qatnashgan 42 % ota-onalar esa farzandim ta'til davomida uyda, uy ishlariga yordamlashadi, deb javob berishgan.
Undan keyingi o‘rinda bolalarning ta'til davomida bobo-buvisinikida (12 %) va oromgohlarda (10 %) o‘tkazishi ko‘rsatkichi egallaydi.
Ishtirokchilarning 5 foizi bolalari ta’tilni xorijda o‘tkazishlarini bildirishgan.