Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri andijonlik ustozlar bilan muloqot qildi

5-iyul 2024-yil
image

Bugun Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova Andijon viloyatida bo‘lib, viloyatdagi ta’lim muassasalari rahbarlari va ustozlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi.

Tadbirda viloyat hokimi Shuhrat Abdurahmonov ham ishtirok etdi. 

Unda vazir Hilola Umarova yurtboshimizning maktabgacha va maktab ta’lim tizimiga berayotgan e’tiborlari xususida alohida to‘xtalib, barcha pedagoglar qatori andijonlik ustozlar ham ushbu yuksak ishonchni oqlash yo‘lida jonbozlik ko‘rsatishlari zarur ekanligini ta’kidladi.

Muloqot davomida Andijon viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga O‘tkirbek Shukurov tayinlanganligi e’lon qilindi.

Yig‘ilishda mas’ullarga yangi 2024-2025-o‘quv yiliga munosib tayyorgarlik ko‘rish, maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini yanada yaxshilashga doir ko‘rsatmalar berildi.

Ochiq muloqot davomida ustozlarning fikr-mulohaza va takliflari ham tinglandi.

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu