Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi zimmasiga qoʻshimcha funksiyalar yuklatildi

4-iyul 2024-yil
image

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Maktabgacha va maktab taʼlimi sohasida davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni qabul qilindi.

Unga koʻra Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining Maktabgacha taʼlim agentligi faoliyatini tugatildi hamda Agentlikning tashkiliy tuzilmasidagi tashkilotlar vazirlik tasarrufiga oʻtkazildi.
 

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi zimmasiga quyidagi qoʻshimcha funksiyalar yuklatildi:


ilgʻor xorijiy tajribani hisobga olgan holda maktabgacha yoshdagi bolalarni har tomonlama intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish;

maktabgacha taʼlim va tarbiya jarayoniga zamonaviy innovatsion pedagogik texnologiyalarni, taʼlim va tarbiyaning samarali shakllari xdmda usullarini joriy etish;

maktabgacha taʼlimning oʻquv reja, dastur va oʻquv-metodik majmualarini takomillashtirish, ularning umumiy oʻrta taʼlim dasturlari bilan uzviyligini taʼminlash;

davlat va nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari orasida sotlom raqobat muhitini yaratish hisobiga barcha bolalarning maktabgacha taʼlim bilanbosqichma-bosqich qamrab olinishini taʼminlash;

nodavlat va davlat-xususiy sheriklik asosidagi maktabgacha taʼlim tashkilotlari tarmogʻini kengaytirish, ularga qonunchilik hujjatlariga muvofiq subsidiya va kompensatsiyalar ajratish, berilayotgan davlat koʻmagining samarali va maqsadli ishlatilishi ustidan taʼsirchan nazoratni oʻrnatish;

maktabgacha taʼlim tashkilotlari tarbiyalanuvchilarining ratsional va belgilangan meʼyorlar asosida sogʻlom va toʻgʻri ovqatlanishini taʼminlash;

sohada zamonaviy axborot texnologiyalarini qoʻllash, boshqaruv jarayonlarini raqamlashtirish va hujjatlar aylanmasini qisqartirish orqali maktabgacha taʼlim xizmatlari sifatini oshirish.

Farmonning to‘liq matni

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu