28-O‘smirlar o‘rtasidagi Bolqon matematika olimpiadasida o‘quvchilarimiz 3 ta kumush, 3 ta bronza medalini qo‘lga kiritishdi

29-iyun 2024-yil
image

Joriy yilning 25-30-iyun kunlari Turkiyaning Antalya shahrida o‘tkazilgan o‘smirlar o‘rtasida 28-Bolqon Matematika olimpiadasida Albaniya, Ozarbayjon, Bosniya va Gersogoviniya,  Bolgariya, Ukraina, Kipr, Fransiya, Gruziya, Gresiya, Xoravatiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, O‘zbekiston, Turkmaniston, Tojikiston, Moldova, Shimoliy Makedoniya, Montenegro, Saudiya Arabistoni, Serbiya, Ruminiya, Turkiya  kabi mamlakatlardan jami 135 nafar iqtidorli yoshlar ishtirok etdi

28-O‘smirlar o‘rtasidagi Bolqon matematika olimpiadasi yakuniy natijalariga ko‘ra, o‘zbekistonlik o‘quvchilar tomonidan 3ta kumush, 3 ta bronza medallari qo‘lga kiritildi. 

Sovrindorlarimiz bilan tanishing:

Ergashev Sarvarbek — Andijon viloyati, Marhamat tumuni ixtisoslashtirilgan maktab, 9-sinf o‘quvchisi  - Kumush medal

Anvarov Javohir —  Surxondaryo viloyati Angor tumani 3-sonli umuta’lim maktabi 8-sinf o‘quvchisi  - Kumush medal

Mamajonov Azizbek — Sirdaryo viloyati Sayhunobod tumani  3-sonli umumta’lim maktabi 8-sinf o‘quvchisi  - Kumush medal

Abdulaziz Radjabov — Toshkent shahri, Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabining 8-sinf o‘quvchisi - Bronza medal

Ikrom Hasanov — Qashqadaryo viloyati Gʻuzor tumani 68-sonli umuta’lim maktabi 9-sinf o‘quvchisi -Bronza medal

Abdusalomov Umidjon — Andijon viloyati, Andijon shahar 1-son ixtisoslashgan maktab internati , 8-sinf o‘quvchisi - Bronza medal

Barcha g‘oliblarimizni, ularning ustozlari va ota-onalarini tabriklaymiz!

Ilm olishdan, izlanishdan aslo to‘xtamang.

Keyingi Xalqaro olimpiadalarda ham omad yor bo‘lsin!

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu