BITIRUVCHILAR QURULTOYI BO‘LIB O‘TDI

25-iyun 2024-yil
image

Bugun Prezident, ijod hamda ixtisoslashtirilgan maktablarning bitiruvchilari uchun ilk marotaba “III Renessans bunyodkorlari” shiori ostida Bitiruvchilar qurultoyi bo‘lib o‘tdi.

Agentlik tizimidagi maktablar bitiruvchilarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va ular bilan doimiy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, bitiruvchilarning takliflari asosida ta’lim jarayonini takomillashtirish, maktab ta’limidan keyingi faoliyatidagi tajribalarini o‘quvchilarga yetkazish maqsadida tashkil etilgan ushbu yirik ma’naviy-ma’rifiy tadbirda mingdan ziyod bitiruvchi yoshlar ishtirok etdi.

Tadbirni Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova kirish so‘zi bilan ochib, Davlatimiz rahbari tomonidan barcha jabhalarda bo‘lgani kabi ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan keng islohotlar, qurultoyning ahamiyati haqida to‘xtalib, bitiruvchilarga oq yo‘l tiladi.

Ma’lumot o‘rnida, bugungi kunda Agentlik tizimida 14 ta Prezident maktabi, 9 ta ijod maktabi hamda 182 ta ixtisoslashtirilgan maktab faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. 

Joriy o‘quv yilida Prezident maktablarini 319 nafar, ijod maktablarini 260 nafar, ixtisoslashtirilgan maktablarni 5 856 nafar o‘quvchi tamomlayotgan bo‘lsa, o‘tgan o‘quv yilida Prezident maktablarini 326 nafar, ijod maktablarini 233 nafar, ixtisoslashtirilgan maktablarni 3 927 nafar o‘quvchi tamomlagan.

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu