Nemis tili fanidan dars beruvchi ustozlar diqqatiga!

21-iyun 2024-yil
image

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan Gyote institutining Toshkentdagi filiali bilan hamkorlikda hududlarda “Goyethe Zertifikat B2” til imtihonini tashkil etilmoqda.

Imtihonlar 5 ta hududda 8-iyul sanasiga qadar bo‘lib o‘tadi: 

Farg‘ona shahrida Andijon, Farg‘ona va Namangan viloyatlari talabgorlari uchun 21-23-iyun kunlari, 
Termiz shahrida 27-28-iyun kunlari, 
Samarqand shahrida 28-30-iyun kunlari;
Buxoro shahrida Buxoro shahrida navoiylik, xorazmlik va qoraqalpog‘istonlik talabgor ustozlar 2-4-iyul kunlari; 
Qarshi shahrida 5-7-iyul kunlari bo‘lib o‘tadi.

Darvoqe, bunda o‘qituvchilarimiz “Goyethe Zertifikat B2” imtihonini 50% chegirmali narxlarda topshirish imkoniyatiga ega bo‘lishdi.

Sinovlarda barcha ustozlarga omad tilaymiz!

Imtihonlar manzili bilan quyidagi havola orqali tanishishingiz mumkin.

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu