Raqamlashtirish yoʻnalishida Ijtimoiy himoya agentligi bilan hamkorlik kengaytiriladi

14-iyun 2024-yil
image

Bugun Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligining raqamlashtirish yoʻnalishiga masʼul xodimlari bilan hamkorlikni kengaytirish boʻyicha uchrashuv tashkil etildi.

Unda:

·  “Yagona elektron tizimi – erp.maktab.uz” va “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimlarini oʻzaro integratsiya qilish;

·  mavjud dasturiy tizimlarini axborot xavfsizligini taʼminlash va kelgusida takomillashtirish borish;

· alohida taʼlim ehtiyojlari boʻlgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarga oʻquvchilarni elektron qabul qilish;

·  “eMaktab” platformasi va undan foydalanish kabi masalalar boʻyicha fikr almashildi.

Uchrashuv yakunida Agentlik va vazirlikning masʼul xodimlari ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarini rivojlantirish, shuningdek, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari keng joriy etish yuzasidan dolzarb vazifalar belgilab olindi.

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu