Unda Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri o'rinbosari Sardor Radjabov, viloyat hokimligi, mutasaddi tashkilotlar vakillari, shuningdek, olimpiadada ishtirok etuvchi xorijiy davlatlar o‘quvchi-yoshlari qatnashdi.
O‘ziga xos bayram shukuhiga ulanib ketgan tadbirda so‘zga chiqqanlar mazkur musobaqaning ahamiyatli jihatlari hamda uning ishtirokchi o‘quvchilar hayotidagi o‘rni xususida atroflicha fikr bildirib o‘tishdi.
Vazir o'rinbosari o'z so'zi davomida buyuk mutafakkir Abu Ali ibn Sinoning dunyo ilm-fan rivojiga qo'shgan ulkan hissasi, uning ilmiy me’rosi va faoliyati bugungi kunga qadar dunyo olimlari tomonidan o'rganib kelinayotganligini alohida ta’kidlab o'tdi.
O‘zaro do‘stona va quvnoq tarzda davom etgan olimpiadaning ochilish marosimi diltortar kuy-qo‘shiqlar va o‘quvchi-yoshlarning beg‘ubor raqs davralariga ulanib ketdi.