Xabaringiz bor, O‘zbekistonda ilk marotaba Abu Ali ibn Sino nomidagi xalqaro biologiya olimpiadasi tashkil qilinmoqda.
Joriy yilning 9-14-iyun kunlari Buxoro shahrida o‘tkazilishi rejalashtirilayotgan xalqaro olimpiadada dunyoning 19 ta mamlakatidan 120 nafar iqtidorli yoshlarning (30 ta jamoa) ishtirok etishi kutilmoqda.
Bugun 8-iyun kuni Tailand, Vyetnam, Qatar, Belarus jamoalari Toshkent shahriga, Rossiya Federatsiyasi vakillari Buxoro viloyatiga olimpiadada ishtirok etish uchun yetib kelishdi.
Toshkent shahrida yig‘ilgan barcha ishtirokchilar ertaga Buxoro viloyatiga yo‘l olishadi.