Buxoro shahrining "Poyi Kalon" ansamblida “Turon” maktab teatri tanlovining taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Unda Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova ishtirok etdi va bu kabi tadbirlarning yoshlar iqtidorini kashf etishdagi ahamiyati haqida so‘z yuritdi.
Shundan so‘ng, tanlovning yakuniy natijalari e’lon qilindi. Hakamlar hay’ati tomonidan qo‘yilgan ballarga ko‘ra:
Navoiy viloyatining “Ibrat“ jamoasi 1-o‘rin,
Namangan viloyatining “Ibrat izdoshlari“ jamoasi 2-o‘in,
Qoraqalpog’iston Respublikasining “Tan nuri“ jamoasi 3-o‘rinni egalladi.
G‘olib jamoa xorijga ta’lim sayohatiga yo‘llanmani qo'lga kiritdi.
Shuningdek, maktab jamoalari tanlov davomida namoyish etilgan sahna ko‘rinishlari uchun “Eng yaxshi sahna spektakli”, “Eng yaxshi rejissorlik ishi”, “Eng kreativ jamoa” kabi nominatsiyalar bilan taqdirlandi.
Xususan, Qoraqalpog‘iston Respublikasining “Tan nuri” jamoasi a’zosi Niyozbek Boynazarov “Eng yaxshi aktyor”, Xorazm viloyati “Yosh teatrchilar” jamoasi vakili Dinara Safayeva esa “Eng yaxshi aktrisa” nominatsiyasida g’olib deb topildi.
Barcha g‘oliblarni chin dildan tabriklab, kelgusi ishlarida ham muvaffaqiyat tilaymiz!