Vazir Buxorodagi taʼlim muassasalariga tashrif buyurdi

5-iyun 2024-yil
image

Ayni damda Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri Hilola Umarova Buxoro viloyatida bo‘lib turibdi.

Dastlab vazir Buxoro tumanidagi 23-umumtaʼlim maktabida bo‘lib, taʼlim maskani faoliyati bilan yaqindan tanishdi. 

Mazkur maktabda yil davomida ko‘plab iqtidorli o‘quvchilar ingliz va koreys tili sertifikatiga ega bo‘ldi. Shu bilan birga, muassasa o‘quvchilari “Sambo” kurash turi bo‘yicha Osiyo chempionligini qo‘lga kiritgan.

Vazir o‘rganish ishlari jarayonida yakunlangan o‘quv yilida erishilgan  natijalar, pedagoglar sifat tarkibi bilan qiziqdi. Yozgi mavsumda taʼlim muassasasida tashkil etilgan sog‘lomlashtirish maydonchasini ko‘zdan kechirdi.

So‘ngra Hilola Umarova olis Peshku tumanidagi 45-davlat maktabgacha taʼlim tashkilotining ochilish tadbirida ishtirok etdi. 

Bog‘chada bolajonlar uchun yaratilgan sharoitlarni ko‘zdan kechirdi hamda tarbiyachilar bilan suhbatlashdi.

Shuningdek, vazir tumandagi ixtisoslashtirilgan maktab faoliyati bilan ham yaqindan tanishdi. 

Muassasadagi obodonlashtirish ishlari, fizika, kimyo laboratoriya xonalarini ko‘zdan kechirdi. 

Hilola Umarova maktab pedagoglari bilan uchrashib, ularning muammolari va taʼlim sifatini oshirish borasidagi takliflarini o‘rgandi.

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu