Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri o‘rinbosari Fаrhod Boqiyev ayni kunlarda Turkiy davlatlar tashkilotiga a’zo davlatlar ta’lim vazirlarining 8-yig‘ilishida ishtirok etish maqsadida Qorabog‘da bo‘lib turibdi.
Uchrashuvlar avvalida vazir o‘rinbosari Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan Qorabog‘ hududining Fuzuliy shahrida barpo etilgan Mirzo Ulug‘bek nomidagi maktabida bo‘ldi.
Vaziri o‘rinbosari uchrashuv davomida maktabdagi ta’lim jarayonlari bilan yaqindan tanishdi.
Ozarbayjon Fan va ta’lim vaziri Emin Amrullayev O‘zbekiston Respublikasi delegatsiyasiga maktab faoliyatini yanada jadallashtirishda hamkorlik qilishni taklif etdi.