Mamlakatimizda umumta’lim maktablarining 9-sinf o‘quvchilari uchun yakuniy davlat imtihonlari bo‘lib o‘tmoqda.
Yakuniy attestatsiya jarayonlarini boshlashdan avval Oʻzbekiston Respublikasi davlat madhiyasi yangradi.
So‘ngra imtihon nizomi bilan barcha o‘quvchilar tanishtirilib, bitiruvchilar ona tili va adabiyoti fanidan yakuniy davlat imtihonlarini topshirdi.
2023-2024-o‘quv yili yakuni bo‘yicha o‘quvchilar olgan bilim, ko‘nikma va malakalarini aniqlash yozma shaklda o‘tkazildi.
Har bir imtihon biletida ona tili va adabiyot fani bo‘yicha 7-8-9-sinflari mavzulari qamrab olingan. Bilet savollariga tayyorgarlik ko‘rish va javob berishi uchun umumiy 120 daqiqa vaqt berildi.