Markaziy harbiy okrugga qarashli “Sazagan” poligonida “Vatan tayanchi” otryadi a’zolari o‘rtasida mudofaa vaziri kubogi uchun o‘tkazilgan “Vatanparvarlar” harbiy-sport musobaqasi g‘oliblari aniqlandi.
Unda Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri o‘rinbosari Farhod Boqiyev, Mudofaa vazirining o‘rinbosari general-mayor Hamdam Qarshiyev ishtirok etishdi.
“Vatanparvarlar” harbiy-sport musobaqalarining respublika bosqichi g‘olib va sovrindorlari quyidagicha ko‘rinishda yakun topdi:
Birinchi o‘rin – Qoraqalpog‘iston Respublikasining Qanliko‘l tumanining “Lochin” va Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumanining “Lochin” jamoasiga;
Ikkinchi o‘rin – Toshkent shahri Uchtepa tumanining “Temurbeklar” jamoasiga;
Uchinchi o‘rin – Qashqadaryo viloyati Muborak tumanining “Yosh lochinlar” jamoasiga nasib etdi.