Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan Britaniya Kengashi va Norvich til taʼlimi instituti hamkorligida "Maktab chempionlari" loyihasi doirasida seminar-treninglarga start berildi.
Ikki kun davom etuvchi ushbu o‘quv mashg‘ulotlarida respublikamiz bo‘ylab ingliz tili fani ustozlari ishtirok etmoqda.
Mazkur loyihaning maqsadi unda ishtirok etuvchi milliy konsultantlarni tayyorlash hamda ularning maktablar jamoalari bilan ishlashiga ko‘maklashishdan iborat.
Mahorat darslari Norvich Til taʼlimi instituti direktori Tom Kiddle tomonidan o‘tkazilmoqda.
Trening doirasida uzluksiz kasbiy rivojlanish konsepsiyasi haqida umumiy tushunchani shakllantirish, o‘qituvchilarning o‘z ustida ishlashini qo‘llab-quvvatlash, o‘qituvchilari orasida uzluksiz taʼlim olish muhitini shakllantirish yo‘llari muhokama qilindi.