Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan UNESСO tashkiloti bilan hamkorlikda o‘qituvchilarning ijtimoiy, hissiy ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan SEL dasturi ish boshladi.
Tadbirni vazirning birinchi o‘rinbosari Usmon Sharifxodjayev ochib berdi va ushbu dasturning taʼlim muhitini yaratishdagi ahamiyati haqida so‘z yuritdi.
Unda shuningdek UNESСO tashkilotining O‘zbekistondagi vakili Sara Noshadi, Qori Niyoziy nomidagi Pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot instituti mutasaddilari, psixolog hamda pedagoglar ishtirok etdi.
4 kun davomida bo‘lib o‘tadigan treninglarda 50 nafardan ortiq pedagoglar o‘quvchilar bilan muloqot ko‘nikmalari, zamonaviy raqamli vositalardan unumli foydalanish bo‘yicha bilim va malakaga ega bo‘ladi.
Kurslar ingliz tilida olib boriladi va loyihaning keyingi bosqichlarida ishtirokchilar o‘z tajribalarini hamkasblari bilan bo‘lishadi.