PISA-2025 TADQIQOTLARI OLDIDAN TAJRIBA-SINOV BO‘LIB O‘TMOQDA

11-may 2024-yil
image

Xabaringiz bor, yurtimizda xalqaro PISA-2025 tadqiqotlari oldidan tajriba-sinov jarayonlari bo‘lib o‘tmoqda.

Mazkur tajriba-sinovlari o‘smirlarning savodxonligi, kreativ fikrlash qobiliyati, maktabda olgan bilimlarini turmushda qo‘llash, bir so‘z bilan aytganda mustaqil hayotga tayyorgarligini baholash jarayonlari hisoblanadi.

Bugun tadqiqotlar Qoraqalpog‘iston Respublikasida belgilangan jadval asosida 23 ta umumiy o‘rta taʼlim maktablarida o‘tkazilmoqda.

Ayni vaqtda Nukus shahridagi 13-, 47-, 48-, 49-maktablarida jarayonlar davom etmoqda. Bunda har bir maktabda 56 o‘quvchidan qatnashish belgilangan.

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu