Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining birinchi oʻrinbosari Usmon Sharifxodjayevga biriktirilgan maktab direktorlari Toshkent shahridagi 255-umumtaʼlim maktabining taʼlim-tarbiya jarayoni va jamoada sogʻlom muhitni yaxshilashga qaratilgan ijobiy ish tajribasini oʻrgandi.
Tadbir ishtirokchilari muassasada yoʻlga qoʻyilgan “Yuksalish” radiosi va “Jonli burchak” faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
Taʼkidlash oʻrinliki, ushbu maktablarda taʼlim sifatini oshirish va pedagog kadrlar sifat tarkibini yaxshilash, yangi oʻquv dasturlarini joriy etish boʻyicha “Yoʻl xaritasi” tasdiqlanib, yil soʻnggiga qadar maqsadli koʻrsatkichlar belgilab olingan edi. Vazirning birinchi oʻrinbosari tomonidan har bir maktabning rivojlantirish boʻyicha belgilab berilgan vazifalar ijrosi va kelgusidagi rejalar muhokama qilindi.