Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 2-avgustdagi 425-son qaroriga asosan, Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri jamgʻarmasidan ustama olish uchun oʻtkazilgan birinchi bosqich test sinovlarida maksimal ballning 80 va undan yuqori foiz natijani qayd etgan nomzodlar ikkinchi bosqichga tavsiya etilgan.
Ikkinchi bosqichda nomzodlarning kasbiy mahoratini baholash uchun mamlakatimizning barcha hududlarida joriy yilning 23-27-aprel kunlari suhbat oʻtkaziladi.
Shu munosabat bilan Vazir jamgʻarmasi hisobidan har oylik ustama toʻlanadigan nomzodlarning 2-bosqich kasbiy mahoratini baholash boʻyicha Nizom, baholash mezonlari va hududlarda suhbat oʻtkazish jadvali tasdiqlandi.
Har bir nomzod hududiy maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmalari tomonidan suhbat topshiradigan kuni va vaqti bo'yicha qo'shimcha xabardor qilinadi.