Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri Jahon bankining Yevropa va Markaziy Osiyoda inson kapitalini rivojlantirish boʻyicha mintaqaviy direktori boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashdi

13-fevral 2024-yil
image

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligida vazir Hilola Umarova Jahon bankining Yevropa va Markaziy Osiyoda inson kapitalini rivojlantirish boʻyicha mintaqaviy direktori Mixal Rutkovski boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashdi.

Uchrashuv davomida tomonlar:

“Taʼlim sifatini oshirishga qaratilgan milliy baholash tizimini yaratish, soha mutaxassislari malakasi va tajribasini oshirish” hamda
“Bolalarni erta yoshdan rivojlantirishni takomillashtirish” loyihalarini muhokama qilishdi.

Tadbir yakunida Vazirlik va Jahon Banki kelgusida samarali hamkorlik aloqalarini davom ettirish va ularni rivojlantirish istagida ekanliklarini bildirishdi.

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu