“Maktab – ota-ona – mahalla” uzviy hamkorligini tashkil etish bo‘yicha Davlatimiz rahbari tomonidan belgilab berilgan vazifalar ijrosi yuzasidan Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Milliy gvardiya hamkorligida amalga oshirilayotgan ishlar o‘z samarasini bermoqda.
Xususan, vazirlik mas’ul vakillaridan iborat Ishchi guruh a’zolarining joylarda o‘tkazayotgan o‘rganishlari davomida maktab direktorlariga davomat ko‘rsatkichlarini aniq va ochiq ko‘rsatish bo‘yicha zarur tushuntirish ishlari olib borilmoqda.
Buning natijasi sifatida ko‘plab maktablarda ushbu jarayon namunali tashkil etilib, o‘quvchilarning darslardagi ayni vaqtdagi ishtiroki va elektron platforma ko‘rsatkichlarining bir xilligi ortmoqda.
Jumladan, o‘tgan hafta mobaynida poytaxtimizda joylashgan 24- va 125-maktablarda yuqori sinf o‘quvchilarida davomat ko‘rsatkichi past bo‘lsada, elektron platformaga kiritilgan ma’lumotlar bilan sinflardagi real holat o‘rtasida tafovut aniqlanmagan.
Shu munosabat bilan ushbu maktab direktorlari — Odinaxon Ziyoyeva hamda Bobur Mirxoliqovlarga Milliy gvardiya tomonidan tashakkurnoma va qimmatbaho sovg‘alar topshirildi.